Xavi: "Ispaniya superkuboki favoriti emasmiz! Chunki u erda "Real" bor..."

"Barselona" bosh murabbiyi Xavi Ernandes Ispaniya superkubogi yarim finaldagi o‘yini oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. 

"Biz raqibning rejasi qandayligini bilmaymiz, ammo ularda ajoyib murabbiy bor. "Osasuna" pressing qilishda yaxshigina rivojlangan jamoa. Bu bizga doim qiyinchilik tug‘dirib kelgan. 

Ha, biz mazkur uchrashuv favoritimiz. Biroq Ispaniya superkuboki favoriti emasmiz! Chunki u erda "Real" bor...

"Barsa"dan ko‘p narsa kutishmoqda. Biz ham mukammallikka intilyapmiz va ishonamanki, maqsadimizga sovrinlar yutish orqali ega chiqamiz", - dedi ispaniyalik mutaxassis.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!