Xavi Kanseluning jarohati haqida gapirdi

La Liganing 19-turidan o‘rin olgan "Las-Palmas" - "Barselona" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi va unda mehmonlar 1:2 hisobida zafar quchdi. 

G‘alaba osonlikcha qo‘lga kiritilmadi va bundan tashqari portugaliyalik himoyachi Joau Kanselu tizzasidan jarohat oldi. Jamoa ustozi Xavi uning jarohati jiddiy emasligi va tez orada safga qaytishini aytdi.

"Aslida jiddiy narsa yo‘q, ammo tibbiy ko‘rikdan so‘ng hammasi ma’lum bo‘ladi", - deya Xavining so‘zlarini keltiradi "ko‘k-anorranglilar" klubi sayti.

Eslatib o‘tamiz, Kataloniya grandi La Liga turnir jadvalida “Real” va “Jirona”dan keyin uchinchi o‘rinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!