Xavi “Real”ning chempionligini qanday qabul qildi?
“Real” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi. Madridliklar uchun bu 36-bosh sovrin bo‘ldi.
“Qirollik klubi” muxlislariga bu natija ashaddiy raqib – “Barselona”ning “Jirona”ga 2:4 hisobida yutqazganidan keyin qayd etilgani ayniqsa yoqdi.
Kataloniyaliklar bosh murabbiyi Xavi Ernandes poytaxt klubining chempionligiga munosabat bildirdi.
- Men “Real”ni tabriklashni istayman. Ular boshqa jamoalarga qaraganda ko‘proq ochko jamg‘ardi. Shuningdek, “Jirona”ni ham tabriklashim kerak, bu jamoa juda yaxshi o‘ynadi, - dedi Xavi Ernandes.
“Jirona” chempionat yakunlanishiga to‘rt tur qolganida “Barselona”dan bir ochkoga o‘zib ketdi. Agar Michel shogirdlari ustunlikni saqlab qolsa, o‘z tarixida ilk bor Ispaniya vitse-chempioni bo‘ladi.
Fikrlar