Xavi yana ikki yulduzdan voz kechadigan bo‘ldi

“Barselona” bosh murabbiyi Xavi Ernandes lavozimida qolishi aniq bo‘lganidan keyin kelasi mavsum oldidan tarkibda jiddiy o‘zgarishlar qilishni rejalashtimoqda.

Sport.es saytining yozishicha, murabbiylar shtabi jamoada ijara asosida o‘ynayotgan ikki portugaliyalik yulduz – Joau Feliks va Joau Kanselu bo‘yicha bir qarorga keldi.

“Atletiko”dan olingan qanot hujumchisi Feliksning o‘yini “Barselona” mutasaddilarida yaxshi taassurot qoldirgani yo‘q. Xavi Ernandes bu o‘yinchini asosiy tarkibga loyiq, emas degan fikrga keldi.

“Manchester Siti”dan kelgan Kanselu adashiga qaraganda ishonchga kira oldi. Biroq, uning transferi moliyaviy jihatdan kataloniyaliklarga og‘irlik qilishi aytilmoqda.

Har ikki futbolchining ijara shartnomasi 30 iyun kuni o‘z nihoyasiga etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!