Xoland: Bu oson emas

 

Erling Xoland "Manchester Siti"da qanday rivojlanishda davom etayotgani haqida gapirdi. 

"Shubhasiz, men hali ham rivojlanyapman. Hamon o‘sha o‘yinchiman, lekin o‘zimning yaxshiroq versiyamga aylanib boryapman. Ayni damda eng yaxshi joydaman. Sababi, hali yoshman va menga Pep murabbiylik qiladi. Men baxtliman. 

Gvardiolaning jamoasiga kelgach, juda ko‘p taktik sxemalarni sinab ko‘rishga to‘g‘ri keldi. Bu oson emas. U doimo yangi narsalarni o‘ylab topadi. Shuning uchun siz moslashuvchan bo‘lishingiz kerak",
- dedi Erling. 

U joriy mavsum "shaharliklar" safida 41 ta bellashuvda maydonga tushib, 36 ta gol urdi va 6 ta golli uzatma muallifiga aylandi. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!