Xolland pokker qayd etgan bahsda "Siti" "Vulverxempton"ni tor-mor keltirdi (video)

Angliya Premer-ligasining 36-turida “Manchester Siti” o‘z maydonida “Vulverxempton”ni qabul qildi.

Chempionlik uchun kurashayotgan “shaharliklar” bu gal ham raqibini ayab o‘tirmadi. “Etixad”dagi o‘yinning bu safargi qurboni “Vulverxempton” bo‘ldi. Hollandning pokkeri va Alvaresning goli “Manchester Siti”ning 5:1 hisobidagi g‘alabasini ta’minladi.

Ushbu uchrashuvdan so‘ng “Manchester Siti” o‘z hisobidagi ochkolari sonini 82 taga etkazib olgan bo‘lsa, “Vulverxempton” hisobida 46 ochko mavjud. APL musobaqa jadvalida “Siti” “Arsenal”dan 1 ochko kam jamg‘argan holda 2-o‘rinni egallab turgan bo‘lsa, “Vulverxempton” 11-pog‘onada bormoqda.

Xosep Gvardiola jamoasi Premer-liga doirasida navbatdagi uchrashuvini 11 may kuni safarda “Fulxem”ga qarshi o‘tkazadi. “Vulverxempton” esa shu kuni o‘z maydonida “Kristal Pelas”ni qabul qiladi.

Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!