"Yuventus" posboni APLga qaytishi mumkin!

Huquqlari Turinning "Yuventus" klubiga tegishli darvozabon Voytsex Shesniy Angliya Premer-ligasiga qaytishi mumkin. Bu haqda "Goal" axborot portali xabar bermoqda.

Londonning "Arsenal" klubi polshalik darvozabonning xizmatlariga qiziqish bildirmoqda. London klubi Aaron Ramsdeylga o‘rinbosar qidirmoqda. Angliyalik keper kelasi yozda klubi ro‘yxatini o‘zgartirishga yaqin turibdi. Shesni 2009 yildan 2017 yilgacha "kanonirlar" tarkibida o‘ynagan. 

Italiya A seriyasining joriy mavsumida 34 yoshli darvozabon 33 ta o‘yinda maydonga tushib, 26 ta gol o‘tkazib yubordi va 16 ta o‘yinda o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

Arteta boshchiligidagi "Arsenal" APL chempionligi uchuni kurashmoqda. Jamoa 36-turdan so‘ng 83 ochko jamg‘argan holda etakchilikni saqlab turibdi. Biroq keyingi pog‘onani egallab turgan "Manchester Siti" bitta kam o‘yin o‘tkazgan. Gvardiola shogirdlari mazkur bahsda g‘alaba qozonsa, birinchi o‘ringa ko‘tarilib oladi. Turinning "Yuventus" klubi esa 66 ochko bilan 3-o‘rinni band etib turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!