"Yuventus" Shimoliy Koreya terma jamoasi hujumchisini sotib oldi

  • 3 sentabr, 2019, 09:53
  • 1
  • Futbol

"Kalyari" klubi forvardi Kvan Son Xan faoliyatini "Yuventus"da davom ettiradigan bo‘ldi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “keksa sinora” 20 yoshli Shimoliy Koreya terma jamoasi futbolchisini 5 mln evroga sotib olgan. Futbolchining o‘zi esa turinliklar bilan 2023 yilga qadar shartnoma imzolagan.

Ma’lumot uchun, Kvan Son Xan “Kalyari” safida 2017 yildan buyon to‘p surib kelayotgan edi. U o‘tgan davr mobaynida jami 12ta o‘yinda maydonga tushdi va 1ta gol hamda 1ta golli uzatmaga mualliflik qilli. Shimoliy Koreya terma jamoasi safida esa 5ta o‘yinda ishtirok etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
жорж
05/09/2019 01:20
Qoyil