Zadar Open 2022. Denis Istomin va Sanjar Fayziev musobaqadagi ishtirokini erta yakunladi

  • 24 mart, 2022, 16:45
  • 0
  • Tennis

Xorvatiyaning Zadar shahrida "ATP Challenger" tasnifiga kiruvchi mukofot jamg‘armasi 50,515 AQSh dollari miqdoridagi "Zadar Open 2022" tennis musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda.

Juftlik yo‘nalishi ilk bosqichida hamyurtimiz Denis Istomin chexiyalik Lukas Rosol bilan birga Italiya vakillari Franchesko Forti va Julio Zepperi tandemiga qarshi bahs olib bordi. Ushbu uchrashuvda Forti va Zepperi juftligi 2 setda qiyinchiliksiz 6-2, 6-3 hisobida g‘alaba qozondi.

Boshqa bir hamyurtimiz Sanjar Fayziev gretsiyalik Markos Kalovelonis bilan birgalikda serbiyalik aka-ukalar Ivan va Matej Sabanovlar qarshiligi sindira olmadi. Mazkur bahsni Sabanovlar 6-4, 6-3 hisobida o‘z foydalariga hal qildi.

Shu tariqa har ikkala tennischimiz musobaqani ilk bosqichlardanoq yakunladi.

Eslatib o‘tamiz, yakkalik bahslarining birinchi davrasida Istomin mezbon tennischi, 16 yoshli Dino Prizmikka qarshi kortga chiqib, 5-7, 3-6 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ygan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!