Zadar Open 2022. Denis Istominda sensatsion mag‘lubiyat

  • 21 mart, 2022, 20:58
  • 0
  • Tennis

Xorvatiyaning Zadar shahrida "ATP challenger" tasnifiga kiruvchi, mukofot jamg‘armasi 50,515 AQSh dollari miqdoridagi "Zadar Open 2022" tennis musobaqasi start oldi. Ushbu turnirning ilk davrasida hamyurtimiz Denis Istomin mezbon tennischi, 16 yoshli Dino Prizmikka qarshi kortga chiqdi va unda Istomin ikki set yakuniga ko‘ra 5-7, 3-6 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

 Endi Istomin 22 mart kuni juftlik bahslarida chexiyalik Lukas Rosol bilan birga Italiya vakillari Franchesko Forti va Julio Zepperi tandemiga qarshi bahs olib borsa, boshqa bir hamyurtimiz Sanjar Fayziev gretsiyalik Markos Kalovelonis bilan birgalikda serbiyalik aka-ukalar Ivan va Matej Sabanovlar qarshiligi sindirishga harakat qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!