Zo‘ravon Alvesdan hamma yuz o‘girmoqda...

Dani Alvesning noqonuniy harakatlari nafaqat uning hayotini barbod qildi, balki odamlarning undan yuz o‘girishiga ham sabab bo‘lmoqda.

Kechagina uning o‘yinidan zavq olib, uni ko‘klarga ko‘targan vatandoshlari endilikda undan nafratlanishmoqda va buni ochiqchasiga bildrishmoqda. Jumladan, dunyoning eng ko‘p sovrindor futbolchisi tug‘ilib o‘sgan Xuazeyro shahrida uning sharafiga o‘rnatilgan haykal buzib tashlanadi.

Xabar qilinishicha, Alvesning haykali so‘nggi o‘n besh oy ichida ikki marta hujumga uchradi va endi mahalliy hokimiyat haykalni butunlay olib tashlashga qaror chiqardi. Ushbu farmon o‘ttiz kun ichida amalga oshirilishi kerak.

Bundan tashqari “Baiya” klubining o‘zi ham Alvesni jamoaning faxriy futbolchilari safidan chiqarib, "dealvesizatsiya"ga hissa qo‘shgan.

Dani Alves 2006-2022 yillarda Braziliya terma jamoasi sharafini himoya qilgan. U faoliyati davomida “Baiya”, “Sevilya”, “Barselona”, “Yuventus”, PSJ, “San-Paulu” va “UNAM Pumas” klublarida o‘ynagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!