O‘q otish bo‘yicha O‘zbekiston kubogida g‘oliblar aniqlandi

Avval xabar berganimizdek, 8 noyabr kuni Toshkent shahridagi MXSK o‘q otish bazasida 1997 yilda tavallud topgan va undan kichik yoshdagi sportchilar o‘rtasida pnevmatik quroldan o‘q otish bo‘yicha O‘zbekiston kubogi start olgan edi.

Ushbu turnirda so‘nggi mashqlar - aralash juftlik, yani mikst bahslari o‘tkazildi. Unda o‘smirlar va qizlar o‘rtasidagi pnevmatik miltiqdan o‘q otish bo‘yicha shaxsiy birinchilikda kuchli o‘ntalikka kirgan sportchilar g‘oliblikka ega bo‘lish uchun diqqatlarini jamlashdi. 

Natijalarga ko‘ra, Toshkent viloyati vakili Oybek Asilov hamda Surxondaryo viloyati vakilasi Nataliya Slastyon jami 505,0 ochko to‘plab g‘olib bo‘lishdi.  Toshkent viloyatining yana bir vakili Suhrob Mirzajonov esa xorazmlik Olima Komilova bilan birga 501,4  ochko to‘plashdi.

Uchinchi o‘rin esa Toshkent shahri vakillariga nasib etdi. Dmitriy Silaev hamda Diyora Ermatova dueti umumiy 500,3 ochko to‘plashdi.

Sportchilarning so‘nggi bahslarda qayd etgan shaxsiy va duetdagi natijalari bilan tanishing:

1) Oybek Asilov (Toshkent viloyati-2) – 253,7ochko
Natalya Slastayon (Surxondaryo viloyati) – 251,3 ochko
Umumiy ochko: 505,0

2) Suhrob Mirzajonov (Toshkent viloyati-1) – 257,7 ochko
Olima Komilova (Xorazm viloyati ) – 243,7 ochko
Umumiy ochko: 501,4

3) Dmitriy Silaev (Toshkent-1 ) – 249,5 ochko
Diyora Ermatova (Toshkent viloyati-2) – 250,7 ochko
Umumiy ochko: 500,3

4) Bekzod Rahmatullaev (Toshkent viloyati-3 ) – 251,3 ochko
Shahnoza Turgunova (Toshkent viloyati-3 ) – 247,5 ochko
Umumiy ochko: 498,8

5) Umid Pardaev (Samarqand viloyati) – 247,4 ochko
Shahnoza Masharipova (Xorazm viloyati) – 250,4 ochko
Umumiy ochko: 497,8

6) Burxoniddin Erkaev (Qashqadaryo viloyati) – 251,9 ochko
Bonu Anvarova (Toshkent-1) – 245,4 ochko
Umumiy ochko: 497,3

7) Abduxalil Abduvohidov (Namangan viloyati-1) –242,5 ochko
Muxtasar Toxirova (Namangan viloyati-1) –253,6 ochko
Umumiy ochko: 496,1

8) Muhammadumar Sotvoldiev (Farg‘ona viloyati) – 243,3 ochko
Yuliya Kondroshova (Andijon viloyati) – 251,8 ochko
Umumiy ochko: 495,1

9) Asadbek Obidov (Andijon viloyati) – 242,6 ochko
Madinabonu Pardaboeva   (Toshkent viloyati) – 251,3 ochko
Umumiy ochko :  493,9

10) Boburmirzo A’zamov (Andijon viloyati) – 237,7 ochko
Zaynab Pardaboeva (Toshkent viloyati) – 255,2 ochko
Umumiy ochko: 492,9

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!