"Lokomotiv" ustozi: 16 nafar futbolchimiz 11 ta ta o‘yin o‘tkazdi

Superliga 6-turidan o‘rin olgan "Navbahor" - "Lokomotiv" bahsi bo‘lib o‘tdi. Gollarga boy o‘tgan uchrashuvda maydon egalari 4:0 hisobda g‘alaba qozondi.

Gollarga Jamshid Boltaboev, Odiljon Hamrobekov, Yovan Jokich hamda Siyavash Haqnazari mualliflik qildi. "Temiryo‘lchilr" futbolchisi Dilshodbek Komilov 75-daqiqada qizil kartochka olib maydonni erta tark etdi.

Quyida "temiryo‘lchilar" ustozi Aleksandar Stoymirovich o‘yindan keyin bildirgan fikrlari bilan tanishib chiqishingiz mumkin:

"Navbahor"ni g‘alaba bilan tabriklayman. Ular bunga loyiq edi. Biz terma jamoada o‘ynaydigan yuqori sifatli futbolchilari bor jamoaga qarshi o‘yinga tayyor edik. Tayyorgarlik ajoyib o‘tgandi, ammo jarohatlar biroz pand berdi. Biz raqibning o‘yiniga shunchaki ikki qo‘limizni ko‘tarishimiz mumkin va ularga keyingi bellashuvlarda omad tilaymiz. 

"Lokomotiv"ning mag‘lubiyatiga nima sabab bo‘ldi. Siz o‘yinga yaxshi tayyorgarlik ko‘rdik degandingiz?

- Men ayta olamanki, ularning ilk goli uzoq masofadan urildi. Shuningdek, bizda hujumning so‘nggi fazasida qo‘llab-quvvatlash bo‘lmadi. Sardor bir necha joyda chiziqlar orasidan yaxshi ochildi va to‘pni qabul qilib oldi. Biroq uni hech kim qo‘llab-quvvatlamadi. Ikkita vinbek ulgurmadi. Biz yangi jamoamiz va hamon o‘zimiz o‘ylagan darajaga chiqa olmadik. 

- Bugungi uchrashuvda kim xato qildi, buni tahlil qilamiz. Bizda ikkita teng darajadagi darvozabon bor. Ularning ikkisiga ham imkoniyat beramiz va ko‘ramiz, kim asosiy tarkibga loyiq ekanligini. 

- O‘ylashimcha, Dilshod Komilovga berilgan ikkinchi sariq kartochka keraksiz epizodda sodir bo‘ldi. Biroq futbolda bunday xatolar bo‘lib turadi. Psixologik muammolar odatiy hol. Biz yangi jamoamiz va bizda 16 ta futbolchi bor va ular 11 ta o‘yin o‘tkazdi. Asta-sekin o‘yin tizimimizni yaratib, natijalar ko‘rsatamiz. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!