"Nasaf" yana bir sobiq futbolisini qaytarmoqchi

  • 22 dekabr, 2023, 13:16
  • 1
  • Futbol

Ayni damda Vladikavkazning "Alaniya" jamoasida harakat qilayotgan legionerimiz Husain Norchaev deyarli o‘yin amaliyotisiz qolmoqda. SPORTS.uz jurnalisti Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jaevning o‘z telegram kanalida ma’lum qilishicha, "Nasaf" uni ortga qaytarmoqchi.

"Xusain Norchaevni ortga qaytarish borasida "Nasaf" katta ishni amalga oshirdi. Masala deyarli hal bo‘lib qolgan.

Futbolchi katta musobaqalar oldidan o‘yin amaliyotiga ega bo‘lgan holda, yaxshi formada bo‘lishni istamoqda", deb yoziladi xabarda.

Ma’lumot uchun, Norchaevning "Alaniya" bilan 2026 yilgacha mo‘ljallangan shartnomasi bor.

                       "Neftchi" legioner hujumchi olib kelmoqda...

                        

                      Odil Hamrobekov "Paxtakor"dan ketadimi?

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Парпиев Вохид
22/12/2023 18:53
Сайтинга хам рекламангаям лаънат