7 nafar bokschimiz finalda!

  • 20 yanvar, 15:20
  • 1
  • Boks

 Serbiyaning Sombor shahrida bo‘lib o‘tayotgan “13 Millatlar ligasi” o‘zining so‘ngi bosqichiga etib keldi. Yarim final janglari natijalariga ko‘ra, 7 nafar bokschimiz final yo‘llanmasiga ega chiqishdi.

Ular bilan tanishing:

-48 kg Saida Rahmonova

-50 kg Feruza Kazakova

-52 kg Aziza Yakubova

-57 kg Sitora Turdibekova

-60 kg Rayhona Qodirova

-66 kg Navbahor Hamidova

-75 kg Aziza Zokirova

Kecha bo‘lib o‘tgan bahslar natijalariga ko‘ra esa, Muxlisa Xushvaqtova, Mohinabonu Abdullaeva, Xadichabonu Abdullaeva hamda Oltinoy Sotimboevalar bronza medalini qo‘lga kiritishdi. Musobaqada bugun dam olish kuni. Final janglari esa ertaga o‘tkaziladi. 

O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Адхамжон Низомов
20/01/2024 16:05
Демак кумуш накд,лекин бизга олтин керак.Омад Тумарис авлодлари.