8-o‘rindan chempionlikgacha: Xosep Gvardiolaning muvaffaqiyat siri nimada?

  • 13 may, 2021, 18:58
  • 0
  • Futbol

"Manchester Siti" joriy hafta Angliyaning etti karra chempioniga aylandi. Seshanba kuni "Lester" safarda "Manchester Yunayted"ni mag‘lub etganidan so‘ng, Xosep Gvardiola jamoasi muddatidan avval g‘oliblikni tantana qildi. "Manchester Siti" chempionlikni juda ishonchli tarzda qo‘lga kiritdi, ammo mavsum boshida ma’lum muddat davom etgan muvaffaqiyatsizliklardan so‘ng, "shaharliklar"ning chempionlik unvonini qo‘lga kiritishiga ishonish qiyin edi. Premer-liga tarixida ilk bor Rojdestvoga turnir jadvalida 8-o‘rinda etib kelgan klub yakunda chempion bo‘ldi. Biz bugun APLning joriy mavsumi Gvardiola jamoasi uchun qanday o‘tgani haqida hikoya qilamiz.

Manchester Siti ofitsialno predstavil Gvardiolu - Chempionat Anglii po  futbolu: Turnirnaya tablitsa, raspisanie i rezultaty matchey, novosti  Premer-ligi - SPORT bigmir)net

Futbol olami o‘zgaruvchan bo‘ladi. Xosep Gvardiola jamoasi bilan so‘nggi oy va hatto so‘nggi haftada nimalar sodir bo‘lishini topish juda qiyin. "Manchester Siti" ishonchli tarzda Angliya chempioni unvonini qo‘lga kiritdi va o‘z tarixida birinchi marta Chempionlar ligasi finaliga chiqdi. Ammo mavsum boshini yodga oladigan bo‘lsak, unda vaziyat butunlay boshqacha edi. Ko‘pchilik Gvardiolaning iste’foga chiqishini bashorat qila boshladi, chunki "shaharliklar" mavsum startini juda muvaffaqiyatsiz boshlagan edi. Futbolchilarning ko‘zlari yonmayotgan edi. Aftidan Gvardiola boshqaruvni yo‘qotib qo‘ygan va endi vaziyatni to‘g‘irlay olmaydigandek ko‘rinardi.

Premer-liganing 2-turida “Manchester Siti” o‘z maydonida “Lester”ga 2:5 hisobida mag‘lub bo‘ldi va bu jamoa o‘yinidagi kamchiliklarni ochiq ko‘rsatib berdi. Shundan keyin ham “shaharliklar” sust harakat qilishdi va birin-ketin ochkolarni boy bera boshlashdi. Ularda chempionlik maqsadidan asar ham yo‘qdek edi go‘yo. Shu payt kutilmaganda Gvardiola klub bilan amaldagi shartnomasini uzaytirdi. Jamoa rahbariyati Pepga ishonishda davom etishini ta’kidladi va “Siti”ning muvaffaqiyati uchun muhim qadam tashlagangdek ko‘rindi. Biroq oradan ikki kun o‘tib, “shaharliklar” Joze Mourino boshchiligidagi “Tottenxem”ga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi. So‘ng, Gvardiolaga bo‘lgan tanqid toshlari otilishi yana avj oldi.

Gvardiola otmetil raznitsu mejdu Manchester Siti i Liverpulem i ozvuchil  zadachi ᐉ UA-Futbol

"Manchester Siti"ga ushbu inqirozni engishga nima yordam berganini aniq aytish qiyin. Ehtimol, Xosep Gvardiola va Arrigo Sakki (italiyalik murabbiy) o‘rtasidagi telefon suhbati yoki Fernandinoning jamoa rahbariyati bilan ichki suhbatlari kabi ba’zi holatlar muvaffaqiyat kaliti bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Nima bo‘lganda ham, dekabr oyi o‘rtalariga kelib, "shaharliklar"ni to‘xtatishning imkoni bo‘lmay qoldi. Ayrim etakchi klublar “boksing dey” shundoq ham “oqsoqlanib qolgan” “Manchester Siti”ni butkul “nokaut”ga uchrashidan umidvor edi, ammo yakunda buning aksi bo‘lib chiqdi. Gvardiolaning jamoasi premer-ligada ketma-ket 15 ta o‘yinda g‘alaba qozondi. To‘plar nisbati - 38:5. Fevral oyining o‘rtalariga kelib, "shaharliklar"ning chempion bo‘lishi deyarli aniq bo‘lib ulgurdi.

Xosep Gvardiolaning muvaffaqiyati siri nimada? Tanqidchilar "Manchester Siti"ning muvaffaqiyati faqat moliyaviy imkoniyatlar bilan bog‘liqligini takrorlashmoqda. Gvardiolaning o‘zi ham aksariyat intervyularida yuqori darajadagi futbolchilarsiz u hech qachon hech narsaga erisha olmasligini bir necha bor ta’kidlagan. Lekin "Manchester Siti"ni faqat pul va transferlar ko‘tardi, deyish ham adolatdan emas. Agar futbolda hamma narsa faqat pul bilan hal qilinganida, hatto o‘yin hisobini ham taxmin qilish mumkin bo‘lar edi. Ha, bugungi kunda pulsiz katta natijalarga erishish mumkin emas, ammo eng yaxshi o‘yinchilarni sotib olish bilan siz muvaffaqiyatga erisha olmaysiz. Faqat tajribali va mahoratli murabbiygina ushbu yulduz futbolchilarni maydonda bir jamoa sifatida shakllantirishi mumkin.

Gvardiola nakonets-to vyvel «Man Siti» v polufinal LCh! Klub okazalsya tam  vpervye za pyat let | Gol.ru

Xosep Gvardiolaning murabbiy sifatidagi siri uning tez moslashuvchanligidir. Agar Joze Mourino butun faoliyati davomida faqat bitta usuldan foydalangan bo‘lsa, Gvardiolada bunday emas. U vaqti-vaqti bilan yangiliklarga qo‘l uradi va yangi taktikalar ustida ishlaydi. To‘p nazorati hanuzgacha Gvardiola uslubining asosiy qismi bo‘lib turibdi, ammo bugungi "Manchester Siti" Gvardiolaning "Barselona"si yoki "Bavariya"siga o‘xshaydimi? Yo‘q. Xosep moslashadi va yangi echimlarni, yangi usullarni qidiradi. "Manchester Siti" bugungi kunda to‘pni raqibiga bemalol berishi va qarshi hujumlarda jazolashi mumkin. O‘n yil oldin Gvardiola qanotdan to‘pni oshirgani uchun "Barselona" futbolchisini o‘rinbosarlar tarkibiga badarg‘a qilishi mumkin edi, ammo hozir "Manchester Siti" o‘yinchilari qanotdan bemalol uzatmani amalga oshira oladi.

Final Ligi chempionov smogut posetit 25 tysyach zriteley — Futbol —  LiveSport.Ru

“Manchester Siti” APLni yomon boshladi, biroq yakunda chempionlikni qo‘lga kiritdi. Lekin “shaharliklar”ni oldinda bundanda muhimroq sovrin kutmoqda. “Siti” 29 may kuni “Chelsi”ga qarshi Chempionlar ligasi finalida maydonga tushadi. O‘z tarixida ilk bor EChL finalida o‘ynaydigan jamoa bu imkoniyatdan unumli foydalanishga va Portugaliyadan kubok bilan qaytishga urunib ko‘radi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!