9 nafar vakilimiz CAFA hakamlar seminari va VAR kursida ishtirok etad

Joriy yilning 21-25-yanvar kunlari Markaziy Osiyo futbol assotsiatsiyasi (CAFA) tomonidan hakamlar seminari hamda VAR kursi tashkil etilishi rejalashtirilgan. Ahamiyatli jihati, Toshkent shahri mezbonlik qiladigan ushbu seminarda 6 nafar hakamimiz hamda 3 nafar nazoratchimiz ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.

Hakamlarimizdan Firdavs Norsafarov, Akobirxo‘ja Shukurullaev, Asker Najafaliev, Rustam Lutfullin, Roziyabonu Yusupova hamda Gulshoda Saitqulova, shuningdek, nazoratchilarimizdan Vladislav Tseytlin, Valentin Kovalenko, Jahongir Saidov bu tadbirga jalb etilgan.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Адхамжон Низомов
09/01/2024 17:38
Хеч нарса узгармайди