Aleksandr Zverev 23 yillik tarixni o‘zgartirdi

  • 19 noyabr, 2018, 10:54
  • 0
  • Tennis
Londonda erkaklar o‘rtasida "Nitto ATP Finals" turniri yakunlandi.
 
Unda germaniyalik Aleksandr Zverev ATP yakuniy turnirining final bahsida dunyoning birinchi raqamli tennischisi serbiyalik Novak Jokovichga qarshi kortga chiqib, 6:4, 6:3 hisobida g‘alaba qozondi.

Shu tariqa, 21 yoshli Zverev 1995 yildan beri germaniyaliklar qo‘lga kirita olmayotgan "Nitto ATP Finals" turnirining bosh sovrinini qo‘lga kiritdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!