Ana xolos! Superligada gol kiritgan "eng yosh futbolchi"ning asl yoshi 28 da ekani ma’lum bo‘ldi

  • 18 dekabr, 2018, 22:45
  • 0
  • Futbol

Muxi Hindiston Superligasida gol  kiritgan eng  yosh futbolchi bo‘lgan edi. Fox Sports Asia'ning xabar berishicha, uning asl yoshi 16 emas, balki 28 dir. 

U oktyabr oyida o‘sha "tarixiy" golini kiritgan edi. Ammo shundan so‘ng ko‘pchilikda uning tashqi ko‘rinishi tufayli 16 yosh ekaniga shubha o‘yg‘onadi. Futbolchining o‘zi esa yoshi borasidagi haqiqatni yashirganligini tan oldi.

Mamlakat futbol Federatsiyasi esa Gurav Muxini ushbu qilmishi uchun 6 oyga chetlatdi. Shuningdek, Hindiston o‘smirlar terma jamoasidan ham chetlatildi.

Ma’lumot uchun, "Jamshidpur" 2017 yilda tashkil etilgan klub sanaladi va o‘z vaqtida Avstraliya terma jamoasi afsonasi - Tim Keyxill ham aynan mazkur jamoada to‘p surgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!