Kemran Nurillaev Osiyo ochiq kubogida g‘alaba qozondi

Ayni pallada Qozog‘istonning Oqtou shahrida dzyudo bo‘yicha Osiyo ochiq kubogi bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu musobaqada ishtirok etayotgan terma jamoamiz vakillari ham o‘zlariga bildirilgan ishonchni oqlashmoqda. 

Vazni 60 kilogramm vazn toifasidagi polvonlar bahsida yurtdoshimiz Kemran Nurillaev barcha raqiblarini mag‘lub etib, chempionlikni qo‘lga kiritdi. Ta’kidlash joiz, musobaqaning chorak finalida  vakilimiz ko‘plab nufuzli musobaqalar, shu jumladan, jahon chempionati finalchisi mo‘g‘ulistonlik Amartuvshin Dashdavani ham dog‘da qoldirdi. 

Musobaqa qizg‘in davom etmoqda. Bir qator vazn toifalarida terma jamoamiz vakillari hali medallar uchun kurashni davom ettirishmoqda. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!