Klublar o‘rtasidagi JCh. "Al-Ayn" finalda "Real" bilan o‘ynaydi (taqvim)

  • 19 dekabr, 2018, 23:29
  • 0
  • Futbol

Abu-Dabidagi "Shayx Zayed" stadionida kechgan uchrashuvda "qirollik klubi" 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. Shu tariqa Santyago Solari shogirdlari final yo‘llanmasiga ega chiqishdi.

Endi ular hal qiluvchi bahsda BAAning "Al-Ayn" jamoasiga qarshi maydonga tushishadi. Mazkur uchrashuv 22 dekabr kuni "Zayed Sports Siti" stadionida Toshkent vaqti bilan soat 21:30 da start oladi.

Yaponiyaning "Kashima Antlers" klubi esa xuddi shu kuni "River Pleyt"ga qarshi 3-o‘rin uchun bahs o‘tkazadi. Ushbu qarama-qarshilik Toshkent vaqti bilan soat 18:30 da start oladi.

Klublar o‘rtasidagi JCh. 3-o‘rin uchun

22.12.2018 18:30. "Zayed Sport Siti".

"Kashima Antlers" (Yaponiya) - "River Pleyt" (Argentina)


Final. 22.12.2018 18:30. "Zayed Sport Siti".

"Real" (Ispaniya) - "Al-Ayn" (BAA).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!