Londondagi super to‘qnashuv Uaytning nokauti bilan yakunlandi

  • 23 dekabr, 2018, 11:43
  • 0
  • Boks

22 dan 23 dekabrga o‘tar kechasi Londondagi “O2Arena” arenasida professional boks kechasi tashkil qilindi. Kechaning asosiy to‘qnashuvida og‘ir vaznli bokschilar o‘zaro kuch sinashdi. Super og‘ir vazn toifasining sobiq jahon chempioni Derek Chisora WBC Silver kamari sohibi Dillian Uayt bilan kuch sinashdi.

Jang 11-raundda Uaytning raqibini nokautga uchratgunga qadar davom etdi. Bu g‘alaba bilan britaniyalik bokschining WBC kumush kamari va WBO xalqaro chempionligi kamarini himoya qildi. Endi u ushbu vaznda Entoni Joshua egalik qilayotgan WBO, IBF va WBA da’vogarlar qatoriga ko‘shildi.

Dillian-Whyte-v-Dereck-Chisora

Eslatib o‘tamiz, Derik va Dillian uchun bu to‘qnashuv o‘zaro ikkinchi jang hisoblanadi. 2016 yilida Uayt ochkolar bo‘yicha raqibidan ustun kelgan.

derek chisora

Dillian Uayt bundan oldingi janegida Jozef Parkerni mag‘lub qilgan bo‘lsa, Chisora jahon chempionligiga sobiq da’vogar Karlos Takamni nokautga uchratgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!