OChL. Sharq mintaqasida guruh bosqichining barcha jamoalari aniqlandi

  • 19 fevral, 2019, 17:53
  • 0
  • Futbol

Hozirga qadar Sharq mintaqasidagi 4 ta uchrashuv o‘z nihoyasiga etdi. Dastavval Xitoyning "Shandun Lunen" jamoasi o‘z uyida Vetnamning "Xa Noy" klubini qabul qildi va 4:1 hisobida g‘alabaga erishdi. Endi Li Xiaopeng shogirdlari "E" guruhida "Kyonnam" (Janubiy Koreya), "Johor Darul Tazim" (Malayziya) va Yaponiyaning "Kashima Antlers" klubi bilan kuch sinashadi.

Darvoqea, "Kashima Antlers"ning o‘zi bugun Avstraliyaning "Nyukasl Jets" jamoasini 4:1 hisobida engish orqali guruh bahslariga qo‘shildi.

Shuningdek Janubiy Koreyaning "Ulsan Xyonde" klubi Malayziyaning "Perak" jamoasini 5:1 hisobida tor-mor etdi.

Yaponiyaning "Sanfrechche Xirosima"si esa penaltilar seriyasida "Chiangray Yunayted" klubini engishga erishdi - 4:3.




Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!