Osiyo chempionatida engilmagan o‘zbek bokschilari

  • 30 aprel, 2017, 11:00
  • 0
  • Boks
 
Poytaxtimizda boks bo‘yicha qit’amizdagi eng nufuzli musobaqa - Osiyo chempionati boshlandi. 7 maygacha davom etadigan chempionatda 28 ta davlatdan 200 nafarga yaqin eng kuchli bokschilar g‘oliblik uchun kuch sinashmoqda.

Osiyo boks konfederatsiyasi musobaqaning adolatli o‘tishini ta’minlash maqsadida hakamlarni Evropa va Okeaniya mintaqalaridan taklif etgan.

Osiyo boks konfederatsiyasi: Eng yorqin yulduz Hasanboy Do‘smatov bo‘ladi

O‘zbekiston boks bo‘yicha Osiyo chempionatiga o‘ta kuchli tarkib tanladi

SPORTS.uz axborot portali Osiyo chempionatlarida g‘olib chiqqan o‘zbekistonlik bokschilar haqida ma’lumot beradi.

1995 yil. O‘zbekiston.

Yurtimizda ilk marotaba o‘tkazilgan Osiyo chempionatida hamyurtlarimizdan Narimon Ataev, Dilshod Yorbekov va Ruslan Chagaev chempion bo‘lgan.

1997 yil. Malayziya.

Malayziyadagi musobaqada To‘lqunboy Turg‘unov, Muhammadqodir Abdullaev va Sergey Mixaylov barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratgan.

1999 yil. O‘zbekiston.

Toshkent shahrida ikkinchi marotaba tashkil etilgan qit’a chempionatida Dilshod Yo‘ldoshev, Alisher Rahimov, To‘lqunboy Turg‘unov, Muhammadqodir Abdullaev, Sergey Mixaylov, Ruslan Chagaev va Rustam Saidov chempionlik unvoniga sazovor bo‘lgan.

2002 yil. Malayziya.

Malayziyadagi chempionatda Bekzod Xidirov, Baxit Sarsekbaev, O‘tkirbek Haydarov, Ikrom Berdiev va Rustam Saidov terma jamoamiz hisobiga oltin medal keltirgan.

2004 yil. Filippin.

Afina Olimpiadasi saralash turniri maqomini olgan Osiyo chempionatida Bahodir Sultonov va Rustam Saidov chempionlikni nishonlagan.

2007 yil. Mo‘g‘uliston.

Bu chempionatda Elshod Rasulov, Abbos Atoev va Rustam Saidov shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi.

2009 yil. Xitoy.

Xitoyda Sanjarbek Rahmonov va Elshod Rasulovga teng kelgani topilmadi.

2011 yil. Janubiy Koreya.

Incheonda bo‘lgan qit’a chempionatida Shuhrat Abdullaev zafar quchdi.

2013 yil. Iordaniya.

Arab zaminidagi Osiyo chempionatida chempionlik Oybek Mamazulunovga nasib qildi.

2015 yil. Tailand.

Bangkokdagi qit’a chempionatida bugungi kundagi dunyoning eng kuchli bokschisi Hasanboy Do‘smatov va Bektemir Meliqo‘ziev barcha raqiblarini mag‘lub etib, chempionlik shohsupasiga chiqdi.

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!