Osiyo o‘yinlari: Sabina Sharipova ilk bosqichdan o‘tdi

  • 20 avgust, 2018, 12:08
  • 0
  • Tennis
Palembang shahrida Osiyo o‘yinlarining tennis musobaqalari bo‘lib o‘tayotganidan xabaringiz bor.

Ushbu bahslarda o‘zbekistonlik tennischilar yakkalik bahslarini boshlashdi. Ayollar o‘rtasidagi bellashuvlarning ilk davrasida hamyurtimiz Nigina Abduraimova qozog‘istonlik Anna Danilinani 0:6, 6:2, 6:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Mamlakatimizning birinchi raqamli raketkasi Sabina Sharipova esa vetnamlik Kisila Fodor ustidan 7:5, 6:3 hisobida ustun keldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!