O‘zbekiston U-19 ayollar terma jamoasi 10 dekabrdan yig‘inga kirishadi

  • 7 dekabr, 2018, 10:56
  • 0
  • Futbol

Xabaringiz bor, O‘zbekiston U-19 ayollar terma jamoasi shu yilning oktyabr oyida Qirg‘izistonda bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionati saralashining birinchi bosqichida muvaffaqiyatli qatnashib, keyingi bosqichga yo‘l oldi. Endi Karima Yo‘ldosheva boshchiligidagi futbolchi qizlar kelasi yilning aprel oyida bo‘lib o‘tadigan ikkinchi saralash bosqichida qatnashishadi.

Ana o‘sha musobaqaga tayyorgarlik olib borayotgan terma jamoamiz a’zolari 10 dekabrdan Namangan shahrida yig‘inga kirishishadi. Bu haqda O‘FA rasmiy sayti xabar bermoqda.

Yig‘in davomida bir qator nazorat uchrashuvlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Bosh murabbiyi Karima Yo‘ldosheva mazkur yig‘in davomida asosiy tarkib futbolchilariga raqobat tug‘dira oladigan yangi futbolchi qizlarni sinovdan o‘tkazishni rejalashtirgan.

O‘quv-mashg‘ulot yig‘ini 20 dekabga qadar davom etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!