Rasman: Aziz G‘aniev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etmaydi
Avval xabar berilganidek, Ravshan Haydarov boshchiligidagi O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Osiyo o‘yinlariga so‘nggi tayyorgarlikni o‘tkazish uchun Toshkentda yig‘inga kirishdi.
Mazkur yig‘inga bir qator futbolchilar jalb qilindi. Ular orasida "Nasaf" vakili Aziz G‘aniev ham bor edi. Biroq, terma jamoa yarim himoyachisi jarohati sababli Osiyo o‘yinlarini o‘tkazib yuboradigan bo‘ldi. Bu haqda O‘FA rasmiy saytida ma’lum qilindi.
Ma’lumot uchun, XVIII Osiyo o‘yinlari shu yilning 18 avgust – 2 sentyabr kunlari Indoneziyada bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar