
"Real" va "Chelsi" superfutbolchilarni almashtiradi
Yozgi transferlar mavsumi juda qizg‘in o‘tadigan ko‘rinadi. Evropaning grand klublari superfutbolchilarni qo‘lga kiritish borasidan yangidan yangi usul va takliflarni ishlab choqmoqda.
Xususan "Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan va " Chelsi" ustozi Antonio Konte bir biri bilan supero‘yinchilarni almashtirmoqchi.
Unga ko‘ra, "Real" hujumchisi Alvaro Morata Londonga ko‘chib o‘tadi va "Chelsi" vakili Eden Azar Madridga jo‘natiladi. Morataning transfer narxi 40 million, Azarniki 70 million evroga baholanayotgan bois madridliklar qo‘shimcha xarajat qiladi.
Morata joriy mavsumda 32 ta uchrashuvda 13ta gol urdi. Azar 30 ta o‘yinda 11 ta golga mualliflik qildi.
Fikrlar