Sabina mag‘lub bo‘ldi, Oqgul esa chorak finalda

  • 13 sentabr, 2018, 05:28
  • 0
  • Tennis
Frantsiyala Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan ayollar o‘rtasidagi "Fyuchers" turkumiga kiruvchi musobaqada yakkalik va juftlik bahslari o‘tkazilmoqda.

Sovrin jamg‘armasi 80 000 AQSh dollarini tashkil qiluvchi ushbu musobaqada hamyurtimiz Sabina Sharipova ilk davrada ispaniyalik Olga Larraga qarshi kortga chiqib, 2:6, 6:3, 2:4 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Juftlik bahslarida ishtirok etayotgan yana bir vakilimiz Oqgul Omonmurodova gruziyalik Ekaterina Gorgodze bilan rossiyalik Irina Kromacheva hamda braziliyalik Laura Pigossini 7:5, 6:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!