Sanjarbek Rahmonov 5 aprelda navbatdagi jangini o‘tkazadi

  • 27 fevral, 2019, 13:15
  • 0
  • Boks

Professional boksda muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgan o‘zbekistonlik Sanjarbek Rahmonov aprel oyida o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazadi. Bu haqda sportchining o‘zi SPORTS.uz nashriga yaqin manbaga ma’lum qilgan.

Las-Vegasda tashkil qilinadigan jangda uning raqibi kim bo‘lishi hozircha aniq emas. Ayni damda tayyorgarliklar qizg‘in davom ettirilmoqda.

2015 yilda professional faoliyatini boshlagan Sanjarbek shu vaqtga qadar 13 ta jang o‘tkazib, 11 g‘alaba, 1 durang va 1 mag‘lubiyat qayd etgan. U so‘nggi marta o‘tgan yili dekabr oyida ringga chiqib, amerikalik Jonatan Stildan ochkolar bo‘yicha ustun kelgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!