Toshkent mezbonlik qiladigan o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatiga qur’a tashlandi

Kecha Toshkentdagi «Golden Valley» mehmonxonasida ushbu nufuzli musobaqaga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda MOQ rasmiy sayti xabar bermoqda.

Unda Osiyo suzish federatsiyasi Suv polosi bo‘yicha texnik qo‘mita a’zosi Katsumi Kuroda, O‘zbekiston suzish federatsiyasi mutasaddilari, murabbiylar va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi.

Musobaqada quyidagi terma jamoalar ishtirok etishadi:

O‘g‘il bolalar:

1. Xitoy
2. Janubiy Koreya
3. Eron
4. Qozog‘iston
5. O‘zbekiston
6. Yaponiya

Qizlar:

1. Xitoy
2. Yaponiya
3. O‘zbekiston
4. Qozog‘iston

Demak, qur’a natijalariga ko‘ra terma jamoalarning tartib raqami shunday ko‘rinish oldi. Musobaqa taqvimini birozdan so‘ng e’tiboringizga havola etamiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!