A Seriya. "Inter" safarda ochko yo‘qotdi, "Latsio" esa ishonchli hisobda g‘alaba qozondi

  • 30 dekabr, 2023, 02:53
  • 0
  • Futbol

A Seriyanig 18-turidan o‘rin olgan ikkita uchrashuv bo‘lib o‘tdi. "Inter" safarda "Jenoa" bilan durang o‘ynagan bo‘lsa, "Latsio" o‘z maydonida "Frozinone"ni taslim qildi. 

"Jenoa" - "Inter" bahsida dastlab Arnautovich hisobni ochdi, taym so‘nggida Dragusin imkoniyatlarni tenglashtirib qo‘ydi. 

Shu tariqa, milanliklar turnir jadvalida peshqadamligicha qoldi. "Jenoa" esa 13-pog‘onaga joylashdi. 

"Latsio" - "Frozinone" bahsida esa Sule penaltini aniq amalga oshirib, mehmonlarni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, Sarri shogirdlari uch marta javob qaytara oldi. 

Ushbu g‘alabadan keyin "Latsio" turnir jadvalida 8, "Frozinone" 14-o‘rinda turibdi. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!