A Seriya. "Yuventus" so‘nggi daqiqalarda urilgan gol evaziga muhim 3 ochkoni qo‘lga kiritdi

A Seriya 26-turidan o‘rin olgan "Yuventus" - "Frozinone" bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda maydon egalari 3:2 hisobida zafar quchdi. 

Turinliklar safida uch golni Vlaxovich (dubl) va Rugani kiritdi. Mehmonlar safida esa ikki gol Cheddira va Breshiani nomiga yozib qo‘yildi. 

Shu tariqa, ochkolari sonini 57 taga etkazib olgan Allegri shogirdlari A Seriya turnir jadvalida 2-pog‘onani band etib turibdi. "Frozinone" esa 23 ochko bilan 16-pog‘onadan joy olgan.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!