Abdumalik Halakov: "Bizga berilgan va’dalar amalga oshirilgani yo‘q"

  • 31 dekabr, 2021, 20:00
  • 3
  • Boks

Sports.uz eksklyuziv intervyularni taqdim etishda davom etadi. Ortda qolgan boks bo‘yicha jahon chempionatida kumush medalga ega chiqqan Abdumalik Halakovni suhbatga "tortdik". Haqiqatni ochiq-oydin aytishga o‘rgangan sportchi savollarimizning barchasiga to‘liq javob berdi.

Serbiyada bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatidan so‘ng, hayotingiz o‘zgarib ketimi?

- Musobaqadan keyin, hayotim o‘zgarib ketdi deb o‘ylamayman. Xuddi avvalgidek, mashg‘ulotlarda zo‘r berib ishlayapman. Biroz mashhurlikni inobatga olmasa, qolgan barchasi joy-joyida.

Finalda nima etmay qoldi, deb o‘ylaysiz?

- Afususki, tajriba etmay qoldi. Raqib bu borada ancha kuchli bo‘lgani bois, finalda mendan doimo bir qadam oldinda bo‘ldi. Boshqa biror aspektda unga imkoniyatni boy berganim yo‘q. Shunchaki, kerakli pallada hayajonlarimni jilovlay olmadim xolos. Shunga qaramay, kayfiyatimni tushirmoqchi emasman. Menda hali, yana imkoniyat mavjud. Nasib qilsa, keyingi katta musobaqada albatta oltin medalni qo‘lga kiritishga harakat qilaman.

O‘zbekiston boks terma jamoasini keskin tanqid qilindi. Bunga munosabatingiz qanday?

- Bu normal holat. Ayniqsa, muxlislar bizni natijamizni hazm qila olishmaydi. Sababi, doimo birinchi o‘ringa ularni o‘rgatib qo‘yganmiz. G‘alaba qozonsak, maqtab ko‘klarga ko‘tarishadi. Agar omadsizlikka uchrasak, er bilan bitta qilib tashlashadi. Afsuski, bizning muxlislar mana shunday. Ularni keskin tanqidlariga e’tibor bermasdan, yangi marralar sari harakat qilish shart. Agar yana shohsupaga ko‘tarilsak, ular bizni maqtashni boshlashadi.

Dadangiz sizni sportga qaytargani haqida fikr bildirgan edingiz. Aytingchi, Jahon chempionati finalidan so‘ng, dadangiz ishtirokingizni qanday baholadi?

- Ular o‘zlari ham yaxshi bokschi bo‘lganlar. Meni juda yaxshi tushuna oladilar. Final jangimdan so‘ng, qo‘ng‘iroq qildilar. Kayfiyatimni ko‘tardilar va kelajakda bundan ham yaxshiroq natijaga erishishim mumkinligini aytdilar. Xatolarimni aytdilar va ular ustida ishlashim kerakligini uqtirdilar. Eng muhimi, o‘sha paytda kuchli motivatsiya oldim. Vaholanki, o‘sha erda ichimdan nima o‘tganini o‘zim bilaman. Finalda engildim. Jang tugagach, birorta murabbiy oldimga kelgani yo‘q. Agar oltin medalni olganimda, barcha oldimda bo‘lar edi. Ustozim Davron akadan boshqa hech kim yonimda turmadi.
Musobaqa yakunlangach, ijtimoiy tarmoqlarda sizni fikrlaringiz ko‘pchilikning e’tiborini tortdi.

Aytingchi, JCh yakunida sizga va’da qilingan pullar berilmagani kayfiyatga ta’sir qildimi?

- Afsuski, bizga berilgan va’dalar amalga oshirilgani yo‘q. Biz ularga ishongan xolda, yurtimizga qaytib keldik. Mayli natijalar ko‘ngildagidek bo‘lmagan bo‘lishi mumkin, biroq erkak kishi aytgan gapini ustidan chiqishi shart. Erkak kishi bir so‘zli bo‘lishi lozim. Bizga katta pullarni va’da berganlarni aslida qanday inson ekanligini bilib oldim. Undaylarni erkak deb ham bo‘lmaydi. Shunga qaramay, yurtimizda gapini ustidan chiqadigan insonlar ham bor. Buxoro shahri hokimi jahon chempionatidan qaytganimizdan so‘ng, vada qilingan barcha narsani taqdim etdi.

34z34le34le

Boksimizning avvalgi avlod vakillari hozirgisizdan kuchliroq edi degan fikrga qanday munosabat bildirasiz?

- Avvalgi avlod hozir bir xil darajada. Ularni bosib o‘tayotgan yo‘li ham o‘xshash. Natija borasida farq katta bo‘lishiga qaramay, kelajakda tajriba to‘plab ularni darajasiga chiqish. Bu maqsad sari harakat qilishda davom etamiz. Bizni tanlagan yo‘limiz aniq. Natijalar vaqti-soati kelganida albatta bo‘ladi.

Hozir rejalaringiz qanday? Professional boksga o‘tishga tayyorgarlik ko‘ryapsizmi?

- Hozircha, hech qanday taklifni ko‘rib chiqmoqchi emasman. Asosiy maqsadim mashg‘ulotlarda ishlab, Olimpiadada ishtirok etish. Oltin medalni qo‘lga kiritgach, keyin boshqa maqsadlar sari harakat qilish mumkin. O‘ylashimcha, professional boksda debyut qilishga ulguraman. Balki, undan avvalroq professional boksga o‘tarman. Barchasi, menga taklif etiladigan kontraktga bog‘liq.

Belgraddagi boks bo‘yicha o‘tgan Jahon chempionatidagi hakamlik borasidagi fikringiz qanday?

- To‘g‘risi, bizni deyarli barcha sportchilarimiz raqib bilan emas, hakamlar bilan jang qildi. Shunday vaziyatlar bo‘ldi-ki, hatto barcha ko‘rib turgan g‘olibni qo‘li ko‘tarilmadi. Shunga qaramay, bu yosh bokschilar uchun yaxshigina motivatsiya bo‘lib xizmat qilishi kerak.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Joʻrabek Boymatov
05/01/2022 18:04
Sen hali yoshsan hammasiga ulgurasan kayfoyatni tushirma muximi xatolar ustida ishlasang bas taland bor hammasi yaxshi boʼlasi
Baxil Alihuja
01/01/2022 13:34
Кадрли Абдумалик, кунглингни чуктирма! Сен жуда хам яхши харакат килдинг! Финалда хеч ким йук эди дема, сени хамма куриб куллаб кувватлади! Сен бундан хам купрогига лойиксан ва эришасан хам!
Ал-химик
01/01/2022 00:13
"Ўсирақ эшакка арпа уни баҳона" зўри ютаверсин, зўрдан зўри чиқади