Abramovich adashmadi

  • 1 iyun, 2021, 20:01
  • 0
  • Futbol

Roman Abramovich o‘tgan yoz yangi futbolchilar sotib olish uchun “Chelsi”ga 250 mln evro ajratdi va adashmadi. Yangi futbolchilar “Chelsi”ga o‘z tarixidagi ikkkinchi EChL kubogini keltirdi.

2020 yilning yozida "Chelsi" Kay Xaverts, Timo Verner, Ben Chiluell, Eduar Mendi, Hakim Ziesh va Tyago Silva uchun 250 million evrodan ortiq mablag‘ sarfladi. Ular orasida faqatgina Tyago Silva erkin agent sifatida kelib qo‘shildi, ammo katta maosh evaziga. Mavsum boshida yangi futbolchilar kutilgan o‘yinni namoyish qila olishmadi, biroq Tomas Tuxel kelgach, ular to‘liq tarkibda porladi. Ular “Chelsi”ni "Manchester Siti"ga qarshi Chempionlar ligasi finaliga olib chiqdi.

Vse transfery «Chelsi» leta-2020: Xaverts, Verner, Silva, Ziesh, Chiluell -  Chempionat

2020 yilning 5 oktyabr kuni, ya’ni yozgi transfer oynasi yopilgach, "Chelsi" muxlislari oldida muhim savol paydo bo‘ldi - Roman Abramovichning katta xarajatlari jamoani yana Evropa elitasiga qaytishi uchun etarli bo‘ladimi? Rossiyalik ishbilarmon 250 million evrodan ortiq mablag‘ evaziga yangi futbolchilar sotib olishga ruxsat berdi. Ko‘rib turganingizdek, mavsum oxiriga kelib, "Chelsi" muxlislarining umidlari ro‘yobga chiqdi.

Chempionlar ligasining ikkinchi yarim finali doirasida "Stemford Brij"da "Real" ustidan qozonilgan ishonchli g‘alaba va 2012 yildan buyon birinchi marta musobaqaning hal qiluvchi uchrashuviga yo‘llanmani qo‘lga kiritish bu fikrimizga juda yaxshi tasdiq. Shu kuni yozda sotib olingan olti yangi futbolchidan beshtasi o‘yinni asosiy tarkibda boshladi - Kay Xaverts, Timo Verner, Ben Chiluell, Tyago Silva va Eduar Mendi. Yana bir yangi futbolchi Hakim Ziesh esa zaxiradan o‘yinga qo‘shildi.

Chelsi» vyshel v 1/4 finala «Ligi Chempionov» - 18 Marta 2021 - Glavnaya  novost - FK Chelsi | Russkoyazychnyy sayt | Chelsea FC

Xaverts va Verner "Chelsi"ning birinchi golini tashkil etdi va butun o‘yin davomida "Real" himoyasiga bosim qildi. Natijada, madridliklar qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘ya boshladi va raqib hujum tashkil etishi uchun maydonda bo‘shliq hosil bo‘ldi. Chiluell Vinisiusga hech qanday imkon qoldirmadi. Angliyalik futbolchi yakkama-yakka vaziyatlarda agressiv tarzda himoyalandi va pozitsion o‘yinda to‘psiz qolgan braziliyalikning kamchiliklaridan unumli foydalandi. Tajribali Silva o‘yin davomida xotirjam harakat qildi. Mendi esa Karim Benzemaning ikkita eng xavfli zarbasini qaytardi.

Abramovich va "Chelsi"ning selektsiya bo‘limi haqiqatdan to‘g‘ri qarorlar qabul qilganini bundan ortiq isbotlash qiyin. Hech qaysi klub bunga tayyor bo‘lmagan bir paytda “aristokratlar” yangi futbolchilar sotib olishga katta mablag‘ yo‘naltirdi. "Chelsi" rahbariyati jamoa tarkibini nafaqat hozirgi payt, balki uzoq muddatli istiqbol uchun ham birdek kuchaytirishni xohladi. Ikki kubok finali va unda harakat qilgan asosiy ijrochilarning yosh ekanligi ikkala maqsad ham bajarilganligini ko‘rsatadi.

Manchester Siti» — «Chelsi» — 0:1 — obzor matcha, video golov, final Ligi  chempionov, 29 maya 2021 - Chempionat

29 may kuni “Manchester Siti”ga qarshi bo‘lib o‘tgan UEFA Chempionlar ligasi final bahsida ham o‘tgan yoz sotib olingan aksariyat futbolchilar “Chelsi”ning asosiy tarkibidan joy oldi va g‘alabaga munosib hissa qo‘shdi. “Chelsi”ga g‘alaba keltirgan yagona golni Kay Xaverts kiritgani ham bunga yaqqol misol bo‘la oladi. Endi “Chelsi” muxlislari keyingi transfer oynasida klubning sarflaydigan pullari albatta o‘z samarasini berishiga ishonmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!