Abramovning terma jamoadagi natijalari tasodifmi – Mirzahakim To‘xtamirzaevdan javob

  • 23 oktabr, 2019, 18:35
  • 3
  • Futbol

Taniqli sport sharhlovchisi Mirzahakim To‘xtamirzaev SPORTS.uz saytida o‘z dasturiga egaligidan ko‘pchilikning xabari bor. Tajribali jurnalist bu safar O‘zbekiston milliy terma jamoasining o‘yini, natijalari, Ektor Kuper, Vadim Abramov va uning kashfiyoti haqida gapirdi.

- Man siz-u biz kutgandek O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCh-2022 ikkinchi saralash bosqichi peshqadamiga aylandi. Rosti Ektor Kuper davrida Falastin bilan uchrashuvni boy berganimizdan so‘ng yana ikki tur o‘tgach yurtdoshlarimiz musobaqa jadvalida 1-o‘rinda turadi desa ishongingiz kelmasdi. Ammo Vadim Abramov O‘zbekiston milliy terma jamoasiga tayinlandi va terma jamoamizning o‘yinida, natijalarida keskin o‘zgarishlar ko‘zga tashlanmoqda. Bu tasodifmi degan savolga hamma o‘zicha javob berishi mumkin. Kimdir ha endi Yaman va Singapurni yutmasak endi kimni yutamiz degan fikrni bildirishi mumkin. Lekin biz Falastinga ham hech qachon yutqazmagan edik va hattoki o‘z darvozamizdan to‘p o‘tkazib yubormaganmiz.

8051570729937

Toshkentda Yaman bilan bo‘lgan uchrashuvni muhokama qilmagan muxlis qolmadi. Ayniqsa, Vadim Abramov tanlagan taktika ko‘pchilikning muhokamasiga sabab bo‘ldi. Chindan ham Ektor Kuper yosh yarim himoyachi Sanjar Qodirqulovni terma jamoaga chaqirishini tasavvur qilib bo‘lmasdi. Vadim Abramov o‘z klubi vakilini terma jamoaga tortdi. Agar o‘sha kuni Sanjarning o‘yini qo‘vushmaganda, birinchi navbatda barcha e’tirozlar futbolchiga emas, murabbiyga yog‘dirilardi. Biroq terma jamoamiz debyutanti dastlabki daqiqalardan o‘yinga kirishib ketdi, qaerdadir omad balki o‘z so‘zini aytgandir. Lekin omad kuchlilarga kulib boqadi deyishadi. Sanjar gol urdi, assistentlik qildi, o‘sha kunning kashfiyotiga aylandi.vaholanki, dastlabki golni urganidan so‘ng ismini aytib, familiyasini muxlislar aytadi deb kutgan hamkasbimiz noqulay ahvolga tushib qolgani bor gap. Muxlislarimiz Sanjar Qodirqulovligini anglab etguncha, u darvozani ishg‘ol etib bo‘lgandi.

7221570729903

Yana bir tarafi. O‘sha kuni Jamshid Iskanderovni tarkibda kutganmidingiz? Bundan bir oy avval terma jamoamiz ochiq futbol namoyish etishini tasavvur qila olmasdik.

1031570730222

Quvontirgan yana bir jihati, Igor Sergeevning oxirgi daqiqalarda zaxiradan tushirilishi va u gol urgani bo‘ldi. Ma’lum muddat terma jamoadagi o‘yini qovush-qovushmasa, gol ursa-urmasa ham maydonga tushiraverilib, muxlislarga yoqmay qolgandi. Lekin u iste’dodli hujumchi va hali siz-u bizga quvonchli lahzalarni taqdim etishi mumkin, - dedi Mirzahakim To‘xtamirzaev.

Mirzahakim To‘xtamirzaevning fikr mulohazalarining davomini quyidagi videoda tinglashingiz mumkin:

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
MIRJALILOV MIRJAMOL
23/10/2019 19:38
Wu hammasi yaxwi boldiyu Mirzahakim okani ozlari oyinni warxlasala zor bolardide.qayodi musr warxlocila warxlap odammi asabini buzavoti.okani tanidganla bosa etila ozlari warxlasinla
Рустам Содиков
28/10/2019 15:42
Футболчиларимизга хам тренер Абрамовга хам колаверса Сихнинг узингизша хам куюнчак фикрларингиз учун РАХМАТ!!!
Терма команда бошида Купер супер хозир хам булганда балки бу натижалар булмасди. Ахир суер лиша уйинларини кузатмаса,уйинчиларини фикрлари( хамда икониятлари) хисобга олмаса,куюнчак мухбиру мухлислар билан мулохазаларни уртоклашмаса, футболчиларга хеч булмаса уйин пайтида тушунчаю курсатма бериб билмаса тренер деб буладими?
Аслида уни юкоридагиларни хисобга олиб шарт куймасдан терма жамоага олиб келганлар. Масъулиятсиз рахбарлар! Купер супер билан шартнома тузганлардан. Бу шартнома натижасида курилган зараларн ундириш керак.
Мизахаким ака илтимос, шартнома ма саласини юристлар билан маслахатлашинг. УФА шунда анча зарарнинг урнини коплаб олади. Ёнингизга купрок жонкуярларни туплпб фикрлашишингизша ишонамиз. Шундай килинса келгусида бизнинг футболга зарарлм шартномалар тузилиши олди олинади.
Зоирбек Парпиев
23/10/2019 18:48
Аврамовнинг=б