Abu-Dabi “Katta Dubulg‘a” turnirida ishtirok etadigan tarkibimiz bilan tanishing!

Xabaringiz bo‘lsa, 24-26 – oktyabr kunlari BAAning Abu-Dabi shahri dzyudo bo‘yicha navbatdagi “Katta Dubulg‘a” turniriga mezbonlik qiladi. Musobaqada ishtirok etish istagi bilan ayni damga qadar dunyoning 80 mamlakatidan 449 nafar sportchi ro‘yxatdan o‘tgan. O‘zbekiston terma jamoasi esa bellashuvlarda quyidagi tarkib bilan qatnashadi.

Erkaklar:

- 60 kg: Doston Ro‘ziev

- 60 kg: Kamoliddin Bahtiyorov

- 66 kg: Muhriddin Tilovov

- 73 kg: Shahram Ahadov

- 73 kg: Obidxon No‘monov

- 81 kg: Muso Sobirov

- 81 kg: Nurbek Murtazoev

- 100 kg: Otabek To‘raboev

+ 100 kg: Shohruhxon Baxtiyorov

+ 100 kg: O‘tkirbek To‘raboev

Ayollar:

- 52 kg: Sita Qadamboeva

- 57 kg: Shukrjon Aminova

- 63 kg: Sevinch Isoqova

- 70 kg: Shohista Nazarova

- 78 kg: Irisxon Qurbonboeva

+ 78 kg: Rinata Ilmatova

O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!