"Al-Ittihod"ni Benzemaning sobiq ustozi boshqarishi mumkin

  • 11 noyabr, 2023, 17:39
  • 0
  • Futbol

Xabaringiz bor, "Al-Ittihod" jamoa bosh murabbiyi Nunu Santuni o‘z lavozimidan ozod qilgandi. Ayni paytda Saudiya klubi yangi mutaxassis izlamoqda va variantlar orasida Xulen Lopetegi favorit bo‘lib turibdi. 

insayder Rudi Galettining xabar berishicha, tomonlar o‘rtasida muzokaralar ketmoqda. "Al-Ittihod" va ispaniyalik murabbiy maosh borasida kelishib oldi. Hozir shartnomaning muddati borasida muhokama qilinyapti. 

Eslatib o‘tamiz, "Al-Ittihod" OChLning 5-turida OKMKga qarshi maydonga tushadi. Jamoa OChLning 4-turidan keyin 9 ochko jamg‘argan holda 1-o‘rinda turibdi. Shuningdek, Saudiya chempionatida 5-pog‘onaga joylashgan. 

Xulen Lopetegi va Karim Benzema 2018 yilda "Real"da birga ishlagan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!