Alamzadalar jangi: Uaylderga o‘zi kabi chempionlikni boy bergan raqib topildi

  • 11 mart, 2021, 11:26
  • 0
  • Boks

Og‘ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Deontey Uaylder uchun yangi raqib izlash jarayonlari davom etmoqda. Xorij manbalarining axborot berishicha, ayni paytda amerikalik sportchi uchun eng ma’qul variant meksikalik Endi Ruis bo‘lib turibdi. 

Tashkilotchilar bu to‘qnashuvni joriy yilning dekabr oyida o‘tkazishni rejalashtirmoqda.

Uaylder 2020 yil fevralida WBC kamarini Tayson Fyuriga boy bergandi. Endi Ruis esa, 2019 yil oxirida Entoni Joshua bilan revansh jangi o‘tkazib, britaniyalik bokschidan tortib olgan to‘rttala kamarini ham qaytarib berishga majbur bo‘lgandi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!