Aleksandr Povetkin va Dillian Uayt o‘rtasidagi revansh jangi sanasi ma’lum qilindi

  • 15 sentabr, 2020, 18:40
  • 0
  • Boks

22 avgust kuni professional boksning super og‘ir vazn toifasida rossiyalik Aleksandr Povetkin (36-2-1, 25 KO) va britaniyalik bokschi Dillian Uayt (27-2, 18 KO) o‘rtasida jangda Povetkin 5-raundda chap qo‘lidagi “apperkot” zarbasi evaziga Uaytni chuqur nokautga uchratgan edi.

Jangdan keyin revansh haqida juda ko‘p gap-so‘zlar bo‘ldi. Nihoyat, bu borada bir to‘xtamga kelingan va revansh jangi sanasi ma’lum bo‘ldi. Bu borada poster ham e’lon qilindi. Unga ko‘ra, super og‘ir vazn toifasidagi bokschilar o‘rtasidagi ikkinchi to‘qnashuv 21 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Ushbu jang WBC muvaqqat hamda WBC Diamond chempionlik kamari uchun o‘tkaziladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!