Aleksandr Povetkin va Dillian Uaytning revansh jangi sanasi ma’lum bo‘ldi

  • 2 sentabr, 2020, 13:47
  • 0
  • Boks

Taniqli promouter Eddi Xirn vaqtinchalik WBC chempioni Aleksandr Povetkin va Dillian Uayt o‘rtasidagi revansh jangi qachon o‘tkazilishini ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, jang 14 yoki 21 noyabrda Londonda bo‘lib o‘tadi. Avvalroq, Uayt jang dekabr oyida bo‘lib o‘tishi mumkinligini aytgandi. Ma’lumki, bokschilarning birinchi jang shartnomasidan revansh ham o‘rin olgan edi.

Povetkin va Uayt o‘rtasidagi dastlabki to‘qnashuv 22 avgust kuni Buyuk Britaniyada bo‘lib o‘tgan va unda rossiyalik bokschi beshinchi raundda raqibini nokautga uchratgandi. Ushbu g‘alaba Aleksandrga vaqtinchalik WBC chempioni unvoni va WBC Diamond kamarini taqdim etgan edi.

41 yoshli Povetkin faoliyati mobaynida 36 ta g‘alabaga erishgan (25 tasi nokaut bilan). Shuningdek, 2 mag‘lubiyat va 1 durang qayd etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!