Aleksandr Volkanovski navbatdagi jangi qachon bo‘lishini aytdi

  • 3 may, 15:23
  • 0
  • MMA

Mashhur avstraliyalik MMA jangchisi, yarim engil vazn toifasida sobiq UFC chempioni Aleksandr Volkanovski oktagonga qaytishi haqidagi savolga javob berdi.

 “Men UFC bilan gaplashdim va shu yilning oxirida jang qilmoqchi ekanligimni aytdim. Men o‘zimga ozgina dam bermoqchiman. "UFC 305" da jang qilishim mumkindir ehtimol. Biroq bu haqida keyinroq ma’lum qilaman", - deydi Volkanovski You Tube kanalida.

Eslatib o‘tamiz, "UFC 298" turnirida bo‘lib o‘tgan so‘nggi jangida Volkanovski(26-4) Iliya Topuriya(15-0) bilan uchrashgan edi. Jang ikkinchi raundda ispaniyalik jangchining nokauti bilan yakunlandi. Shu tariqa, Iliya yarim engil vazn toifasida promoushening yangi chempioniga aylangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!