Ana holos! Tayson Fyuri va Deontey Uaylder jangi qoldirilish arafasida

  • 9 iyul, 2021, 00:15
  • 0
  • Boks

24 iyul kuni "T-Mobile" arenasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan superog‘ir vazn toifasida WBC jahon chempioni Tayson Fyuri (30-0-1, 21KO) va Deontey Uaylder (42-1-1, 41KO) o‘rtasidagi 3-jang sentyabr oyiga qadar kechiktirilishi mumkin. ESPN nashriga ma’lum bo‘lishicha, Tayson Fyuri mashg‘ulot olib borayotgan lagerda koranavirus aniqlangan. 

Keyinchalik Top Rank kompaniyasi bunga munosabat bildirdi. 

"Biz Fyuri va uning jamoasi sog‘ligi nazoratini davom ettiramiz. Jang sanasi bo‘yicha o‘zgarish yo‘q", - deyiladi munosabatda.

Voqealar rivojini bizda kuzatib boring.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!