Ana xolos! Jokovichni Avstraliyadan deport qilishmoqchi

  • 6 yanvar, 2022, 15:34
  • 0
  • Tennis

Tennis bo‘yicha dunyoning birinchi raqamli raketka ustasi Novak Jokovich "Australian Open"da ishtirok etmaydi.

"The Age" nashri xabariga ko‘ra, uning vizasi bekor qilingan. Hukumat undan mamlakatni tark etishni talab etmoqda. Boisi, Novak Avstraliyaga kirish uchun shart bo‘lgan vaktsinani olmagan. Tennischining advokatlari apellyatsiya shikoyatini bergan.

Ma’lumot uchun, 34 yoshli sportchi yilning dastlabki "Katta dubulg‘a" turkumiga kiruvchi turnirining amaldagi g‘olibi sanaladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!