Ana xolos! "Navbahor" jamoasi rahbari klubdan ketish borasida ariza yozgan va hokimga topshirgan

  • 17 yanvar, 2023, 16:34
  • 0
  • Futbol

"Navbahor" jamoasi rahbari Otabek Samatovning klubdan o‘z arizasi yordamida ketmoqchi ekanligi haqida mish-mishlar ko‘paymoqda. Bu haqda SPORTS.uz sayti jurnalisti Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jaev o‘z "telegram" kanali orqali xabar berdi. 

Darhaqiqat, Samatov ketish borasida ariza yozgan va hokimga topshirgan. Unga viloyat rahbari imzo chekishi yoki chekmasligi vaziyatga so‘nggi nuqtani qo‘yadi. To‘g‘risi, Samatovning ketishi "lochinlar"ga o‘z ta’sirini ko‘rsatmay qolmasligi aniq.

Uning ketmoqchi ekanligi futbolga umuman aloqasi yo‘q voqealar bilan bog‘liq ekanligi achinarli hol. Voqealar rivojini kuzatishda davom etamiz. Tez orada bu masala hal bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!