Ana xolos: Shomurodovning narxi tushib ketdi

  • 22 dekabr, 2023, 07:33
  • 1
  • Futbol

Transferlarga ixtisoslashgan transfermarkt.world portali A Seriya futbolchilarining transfer summalarini yangiladi.

Italiya chempionatining yuqori divizionida yigirmata jamoada 569 nafar futbolchi ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Ulardan 63,3 foizi, ya’ni 360 nafari dunyoning oltmish to‘qqizta davlatidan kelgan legionerlardir.

Yangi ko‘rsatkichlarga ko‘ra, ijara asosida “Kalyari” sharafini himoya qilayotgan Eldor Shomurodovning transfer summasi bir million evroga arzonladi.

6514938d6690c

Ayni paytda 28 yoshli hujumchimiz besh million evroga baholanmoqda. Narxning tushishi legionerimizning zaxirada o‘tirib qolayotgani va samarali o‘yin ko‘rsata olmayotgani bilan bog‘liq.

Eldor Shomurodov 2020 yilning oktyabr oyida Rossiya Premer-ligasining “Rostov” klubidan Italiyaning eng qadimiy jamoasi – “Jenoa”ga ko‘chib o‘tganida portal tomonidan 6,5 million evroga baholangan edi.

Genuya klubidagi muvaffaqiyatli ishtiroki natijasida hamyurtimizning transfer narxi ham ko‘tarilib bordi.

Shomurodov 2021 yilning yozida “Roma”ga ko‘chib o‘tganidan keyin www.transfermarkt.world portali ekspertlari tomonidan oktyabr oyida yangilangan reytingda hamyurtimiz 14 million evroga baholangan edi.  Bu ko‘rsatkich, o‘zbek futboli tarixida eng qimmat narx sifatida qayd etilgan.

Ta’kidlash joizki, Shomurodovning transferini amalga oshirgan Italiya klublari futbolchimiz portalda ko‘rsatilganidan qimmatroq summa sarf qilgan. Eldor Shomurodov “Jenoa”ga umumiy hisobda bonuslar bilan qo‘shib hisoblaganda 9,5 million evroga tushgan.

Rim klubi esa, o‘zbek futbolchisini qo‘lga kiritish uchun 18 million evro xarajat qilishiga to‘g‘ri kelgan.

Shunga qaramay, Shomurodovning keyingi uch jamoa – “Roma”, Spetsiya” va “Kalyari”dagi faoliyati kutilgan darajada bo‘lmayapti va bu o‘z-o‘zidan uning transfer narxining muntazam pasayishiga olib kelmoqda.

Transfermarkt portali A Seriyada narxi keskin pasaygan futbolchilar ro‘yxati quyidagicha ko‘rinish oldi:

  1. Nikolo Fadjoli («Yuventus») — € 15 mln (- 20 mln evro);

 

  1. Viktor Osimxen («Napoli») — € 110 mln (- 10 mln evro);

 

  1. Dushan Vlaxovich («Yuventus») — € 60 mln (- 7 mln evro);

 

  1. Daiti Kamada («Latsio») — € 20 mln (- 7 mln evro);

 

  1. Xvicha Kvaratsxeliya («Napoli») — € 80 mln (- 5 mln evro);

 

  1. Teo Ernandes («Milan») — € 55 mln (- 5 mln evro);

 

  1. Stanislav Lobotka («Napoli») — € 35 mln (- 5 mln evro);

 

  1. Andre Zambo Angissa («Napoli») — € 35 mln (- 5 mln evro);

 

  1. Romelu Lukaku («Roma») — € 35 mln (- 5 mln evro);

 

lukaku3-700x467

  1. Pyotr Zelinski («Napoli») — € 35 mln (- 5 mln evro).

Shomurodov bo‘yicha xavotirli holat

Fayzullaev maxsus tekshiruvdan o‘kazildi. Natijalar “dahshatli” ekan...

Fayzullaev bo‘lmaganida ahvol yana ham og‘irlashardi!

Fayzullaevning haqiqiy mahoratini bahorda ko‘rasizlar!

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Бахриддин М.З.
21/12/2023 18:54
100 000 $ га хам арзимайди