Anastasiya Pavlyuchenkovning raqibi o‘yinni davom ettira olmadi
Rossiyalik Anastasiya Pavlyuchenkov Shtutgart shahrida xotin-qizlar o‘rtasida o‘tayotgan musobaqaning ikkinchi bosqichiga yo‘l oldi.
Anastasiya birinchi davrada mezbonlar vakili Yuliya Gyorgesga qarshi kortga chiqdi. O‘yinda hisob 4:6, 6:2, 4:0 bo‘lib turgan bir vaziyatda Yuliya o‘yinni davom ettirishdan bosh tortdi.
Shu tariqa "Porsche Tennis Grand Prix"ning ikkinchi davrasiga chiqib olgan Pavlyuchenkova, endi estoniyalik Anett Kontaveytga qarshi kortga chiqadigan bo‘ldi.
Fikrlar