APL grandlari Rokega qiziqib qoldi

"Barselona" hujumchichisi Vitor Roke joriy mavsum oxirida jamoani tark etishi mumkin. Braziliyalik futbolchi o‘ziga bildirilgan ishonchni oqlamadi va shuning uchun "ko‘k granatalar" rahbariyati uni sotish haqida o‘ylay boshladi.

"Todofichajes" nashri xabariga ko‘ra, 19 yoshli forvardning xizmatlariga Angliya chempionatining bir qancha top-klublari qiziqish bildirmoqda. Manbaga ko‘ra, "Manchester Yunayted", "Liverpul", shuningdek, Londonning "Chelsi" va "Tottenhem" Rokeni o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qilib ko‘radi. Kataloniya grandi uning transferidan taxminan 40 million evro ishlab olishi mumkin. La Liganing joriy mavsumida Viktor 11 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol urdi.

Ma’lumot uchun, Braziliya terma jamoasi a’zoasining "Barsa"ga transferi 30+31 million evro evaziga amalga oshgan edi. Hujumchi bilan 2031 yilgacha amal qiladigan shartnoma borasida kelishib olingan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!