APL. MYu "Chelsi"ni yirik hisobda mag‘lub etib, EChL yo‘llanmasini naqd qildi!

  • 26 may, 2023, 01:59
  • 0
  • Futbol

APLning 32-turidan o‘rin olgan qoldirilgan o‘yinda "Manchester Yunayted" - "Chelsi" o‘yini bo‘lib o‘tdi. Unda mezbonlar yirik 4:1 hisobida zafar quchdi. 

Mankunianliklar safida Kazemiro, Marsyal, Fernandesh va Reshford o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi. London klubining yagona goliga Felish mualliflik qildi. 

Ushbu g‘alabadan so‘ng MYu 72 ochko bilan 3-o‘ringa chiqib oldi. "Chelsi" hisobida 43 ochko mavjud bo‘lib, klub 12-pog‘onani band etgan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!