"Arsenal" yarim himoyachisi jamoadan ketmaydigan ko‘rinadi

"Arsenal" yarim himoyachisi Jorjino bilan amaldagi shartnomani uzaytirmoqchi. Bu haqda taniqli "The Athletic" nashri xabar berdi. 

Manbaga ko‘ra, London klubi allaqachon futbolchiga yangi bitim taklif qilgan. Italiyalik iqtidor egasi ham taklifga rozilik bildirishi kutilmoqda. Ayni paytda 31 yoshli Jorjinoning "kanonirlar" bilan shartnomasi joriy mavsum oxirida yakuniga etadi. 

Ma’lumot o‘rnida, futbolchi joriy mavsum APLning ushbu mavsumida 23 o‘yin o‘tkazib, 2 golga assistentlik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!